Xotin-qizlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkillashtirildi.

"8 - mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Hududiy kasaba uyushma qo'mitasi va Hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi tomonidan "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkillashtirildi. O'yinda 6 ta jamoa o'zaro bellashdilar. Ushbu jamoalar orasidan
1-o'rin Qarshi temir yo'l shifoxonasi
2-o'rin Qarshi temir yo'l ta'mirlash korxonasi
3-o'rin Qarshi aloqa va ishorat muassasasi jamoalari g'olib bo'ldilar. G'oliblarga esdalik sovg'alari topshirildi.






