Qarshi Transport prokurori tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig’ilish oʻtkazildi.

news photot

“Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK ma’muriy binosida Qarshi Transport prokurori B.B.Nazarov, Qashqadaryo viloyat Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig'i A.Omonov, Jinoyat ishlari bo’yicha Nishon tuman sudi raisi Sh.G.Xasanov ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig’ilish oʻtkazildi. Bunda asosiy eʼtibor korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga qaratildi.

Taʼkidlandiki, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha alohida qonun qabul qilingan. Ushbu illatni bartaraf etish borasida jiddiy ishlar olib borilayapti.

Taqdimotda prokuror tegishli qonun mazmun-mohiyatiga atroflicha toʻxtaldi. Korrupsiya davlat xizmatchisining oʻz moddiy manfaati yoʻlida egallab turgan mavqeidan gʻayriqonuniy foydalanishi boʻlib, ijtimoiy xavfli jinoyat ekani qayd etildi.

Davlat xizmatchisi boʻlish kishidan masʼuliyat talab etishi, mansabni suisteʼmol qilish esa jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi aytildi.

news photot news photot news photot