“Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK hamda “Uzbekistan GTL” MCHJ o’rtasida muzokara bo’lib o’tdi.

news photot

2023-yil 16-mart kuni “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilovning 1255-N sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK hamda “Uzbekistan GTL” MCHJ o’rtasida MCHJ shaxobcha yo’lida ortish va tushirish bilan bog’liq bo’lgan barcha temir yo’l xizmatlarini amalga oshirish bo’yicha muzokara bo’lib o’tdi. Muzokarada “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK boshlig’i M.X.Mirzayev, Yuk va tijorat ishlari bo’limi boshlig’i O.Abdunazarov, "Uzbekistan GTL" MChJ zavodi shahobcha temir yo'llariga xizmat ko'rsatish sexi boshlig'i I.Raxmonqulov hamda “Uzbekistan GTL” MCHJ rahbariyati ishtirok etishdi. Muzokara so’ngida tomonlar o’z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

news photot news photot news photot news photot