Qarshi - Qashqadaryo - Gumbaz temir yo‘l uchastkasi poyezd kabinasida kuzatib o‘tildi.

news photot

2023-yil 6-aprel kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbariyati tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qarshi - Qashqadaryo - Gumbaz temir yo‘l uchastkasi poyezd kabinasida kuzatib o‘tildi.

Shuningdek Ayratom va Gumbaz stansiyalarida nazorat safari uyushtirildi. Nazorat safari davomida stansiyalardagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetoforlar va texnik hujjatlarni yuritish holatini birma-bir koʻzdan kechirildi hamda stansiyalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot