“O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbariyati tomonidan Karvon-Qarshi-Sug'diyona-Muborak uchastkasida nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.

news photot

2023-yil 14-aprel kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbariyati tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 05.04.2023 y. kunidagi 289-N sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash, shuningdek infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan choralarni ko‘rish maqsadida “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UKga qarashli Karvon-Qarshi-Sug'diyona-Muborak uchastkasida nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.

Shuningdek “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisi o’rinbosari A.S.Kamalov tomonidan Qarshi Vagon deposidagi sohalar bo'yicha infratuzilma, xo'jalik, ish jarayonlari, shuningdek, ishchilarga yaratilayotgan shart sharoitlar o'rganildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot