Chashma - Qoradahna bekatlar oralig'i piyoda ko'zdan kechirildi.
"Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK rahbari boshchiligida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Chashma - Qoradahna peregoni piyoda tekshirib o’tildi.
Tekshiruv davomida temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetaforlar, temir yo'l hududlarini qo'riqlash punktlari, qo'riqlanadigan temir yo'l kesishmalari holati birma-bir koʻzdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.