Harakat xavfsizligi kuni.

Joriy yilning 3 aprel kuni “Temiryo’linfratuzilma” AJ "Qarshi MTU" filiali rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi, harakat xavfsizligini taʼminlash hamda Lokomotiv mashinist va mashinist yordamchilari bilan suhbat o'tkazish maqsadida Qarshi lokomotiv deposida depo xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Uzel rahbari Yurtimizda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" to'g'risidagi qonunlarini ta'kidlab, jamiyat faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga duch kelsa, zudlik bilan bu haqida Jamiyat rahbariyatiga murojaat qilishlarini aytib o'tdilar.

news photot news photot news photot news photot news photot