TEMIRYOʻLCHI YOSHLAR RESPUBLIKA TANLOVI GʻOLIBI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi miqyosida oʻtkazilgan “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” Respublika tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi. Tanlov yoshlarning ilmiy innovatsion Startap loyihalarini qoʻllab quvvatlash hamda ularni moliyalashtirish, nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassalarida malaka oshirishlari uchun keng imkoniyat yaratib berdi. Hududlar kesimida 3 bosqichda eng sara nomzodlar aniqlanib yakuniy bosqich Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi.

Tanlovda “TEMIRYOʻLINFRATUZILMA” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filiali AKT VA AX bo’limi dasturchisi Suvonov Asirbek Shahriddin oʻgʻli oʻzining suniy intellektga asoslangan FitAI loyihasi bilan ishtirok etib tanlov gʻolibi boʻldi.

news photot news photot news photot