TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV

Joriy yilning 4 - iyun kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining 1255-N buyrugʻi ijrosini taʼminlash va tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va temir yoʻl transportidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida, “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbari, Yuk va tijorat ishlari bo'limi boshlig'i va MTU tasarrufidagi stansiya boshlig'i birgalikda UNG Shurtan GKM hamda Uzbekistan GTL yirik yuk ortuvchi hamkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida, temir yoʻlda yuk tashish ishlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolari tinglandi hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida takliflar berilib, kelishuvlar tuzildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot