Qarshi - Qashqadaryo stansiyalar oralig'i piyoda tekshirib o'tildi.

Joriy yilning 11-iyun kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” filiali rahbari tomonidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" yo'lovchi elektopoyezdi yo'lini harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo‘l xo‘jaligi, sun'iy inshoatlar, elektr ta’minoti xo‘jaligi, qo'riqlash postlari bo‘yicha Qarshi - Qashqadaryo stansiyalar oralig'i 4125-km dan 4122-km gacha bo'lgan temir yo'l masofasi piyoda tekshirib o‘tildi.

Tekshiruv davomida temir yo'l izlarining holati, kontakt tarmog'i, qo'riqlanadigan temir yo'l kesishmasi, signal nuqtalari, elektr qurilmalar, sun'iy inshoatlarning holati, panjara to'siqlarining holati tekshirilib, kamchiliklar bo'yicha uzel boshlig’i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Uzel tasarrufidagi barcha stansiya hamda stansiya oraliqlarida, tegishli xo'jalik ishchi-xodimlari ishtirokida piyoda tekshiruvlar uyushtirildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot