Harakat xavfsizligi kuni.

Joriy yil 19 - iyun sanasida Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali rahbari tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Mash'al stansiyasiga nazorat safari uyushtirdi.

Safar davomida stansiyadagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, svetoforlar va texnik hujjatlarni yuritilish holati birma-bir koʻzdan kechirildi. Shuningdek, vagon xo'jaligi va yo'l xo'jaligi ish faoliyati, vagonlarning estetik holati, ehtiyot qismlar saqlash omborxonalari tekshirib chiqildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot