Harakat xavfsizligi kuni.

Joriy yilning 3 - iyul kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari boshchiligida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi, harakat xavfsizligini taʼminlash hamda Lokomotiv mashinist va mashinist yordamchilari bilan suhbatlashish maqsadida Qarshi lokomotiv deposida depo xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Uzel boshlig'i mashinist va yordamchi mashinistlarga doimo xushyorlikni yo'qotmagan holda yuk va yo'lovchilarni eson-omon manzillariga yetkazishlarini ta'kidlab o'tdilar.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot