“Qarshi MTU” filialiga qarashli temir yoʻl uchastkasida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig’i tomonidan nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 26 iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tegishli buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig’i va MTU rahbariyati birgalikda “Qarshi MTU” filialiga qarashli Kengsoy-Qarshi-Muborak temir yoʻl uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlash, kelib chiqishi mumkin boʻlgan nosozliklarni oldini olish, shuningdek infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan choralarni koʻrish maqsadida, nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.

Shuningdek, Qarshi vagon deposi va Qarshi lokomotiv deposida amalga oshirilayotgan ishlar, vagonlar va lokomotivlar holati hamda ularga texnik xizmat ko'rsatish jarayonlari, ta'mirlash sexlarida olib borilayotgan ishlar ko'zdan kechirilib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli takliflar berildi va chora-tadbir rejasi belgilandi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot