Elektr xo'jaligi ahvoli o'rganildi
Joriy yilning 20-fevral kuni Qarshi MTU filiali boshlig'i M.X.Mirzayev tomonidan Qarshi elektr ta'minoti masofasi filiali tarkibidagi Toshg'uzor tuman kontakt tarmog'i hamda Toshg'uzor tortuv nimstansiyasiga nazorat safari uyushtirildi.
Safar davomida texnik xujjatlar yuritilishi, elektr energiya sarfi, elektr qurilmalar holati, himoya vositalari sozligi, ma'muriy bino, sklad va dam olish xonalari ko'zdan kechirildi, ishchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar o'rganildi.
Toshg'uzor kontakt tarmog'i hamda Toshg'uzor tortuv nimstansiyasi atrofida ekilgan mevali hamda manzarali ko'chatlar, shuningdek, yaratilgan bog' ko'zdan kechirildi.












