Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali Kasaba uyushma hududiy qoʻmitasining HISOBOT-SAYLOV konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ustavi va "Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya tizimidagi kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Nizomga asosan 2025 yil 10 aprel kunida Temiryoʻlchilar Yoshlar markazining majlislar zalida Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali Kasaba uyushma hududiy qoʻmitasining HISOBOT-SAYLOV konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Kasaba uyushma hududiy qoʻmitasi raisi etib Arslonov Ibodullo Gʻulomovich yopiq ovoz olish yoʻli bilan saylandi.

Kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi.

1. Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli kasaba uyushma hududiy qoʻmitasining 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyigacha boʻlgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida;

2. Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli kasaba uyushma hududiy qoʻmitasi taftish komissiyasining 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyigacha boʻlgan davr mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti;

3. Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli kasaba uyushma hududiy qoʻmita raisini saylash toʻgʻrisida;

4. Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli kasaba uyushma hududiy qoʻmita a'zolarini saylash toʻgʻrisida;

5. Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli kasaba uyushma hududiy qoʻmitasi Ijroiya qoʻmita a'zolarini saylash toʻgʻrisida;

6. Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli kasaba uyushma hududiy qoʻmitasi taftish komissiyasi a'zolarini saylash toʻgʻrisida;

7. Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli kasaba uyushma hududiy qoʻmitasi taftish komissiyasi raisini saylash toʻgʻrisida;

8. Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining VIII- Qurultoyiga delegatlar saylash toʻgʻrisida;

9. Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi a'zoligiga vakil saylash toʻgʻrisida.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot