Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati va "Temiryo'lkargo" AJ Qarshi filiali rahbari hamda xodimlari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tarzda uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu ochiq muloqotda, tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan temir yo‘l xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, bu borada raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, yuk tashish xizmatini ko‘rsatuvchi vagon operatorlarini erkin tanlash uchun qulayliklar yaratish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonining uzluksizligi, xavfsizligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash, sohasida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama etildi hamda tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflar qonun doirasida hal etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot