HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI
Joriy yil 30 - aprel kuni Qarshi transport prokurori A.Q. G'aniyev, Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig'i A.A. Omonov va Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli filiali boshlig’i M.X. Mirzayev birgalikda Chashma stansiyasi hamda Qoradahna-Chashma stansiyalar oralig'i 88-kmda nazorat tekshiruvi olib borildi.
Tekshiruv davomida harakat xavfsizligini taʼminlash, kelib chiqishi mumkin boʻlgan nosozliklarni oldini olish, shuningdek infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan rejali ta’mirlash ishlari ko'zdan kechirildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan suhbat o’tkazilib, yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi hamda savol va takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berib o’tildi.




