Qashqadaryo stansiyasiga nazorat tekshiruvi uyushtirildi

Joriy yil 1 - may kuni Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli filiali rahbari M.X.Mirzayev hamda tegishli xodimlar tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash hamda berilgan topshiriqlar ijrosini ko'zdan kechirish maqsadida Qashqadaryo stansiyasiga nazorat tekshiruvii uyushtirildi.

Tekshiruv davomida stansiya hududi, bino va inshoot, o'quv xonalari, dam olish hamda yuvinish xonalari, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirib chiqildi.

Shu bilan birga, Qashqadaryo stansiyasida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar tekshirildi va stansiya ma'muriy binosi hamda stansiya hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirilib, Uzel rahbari tomonidan kerakli ko’rsatmalar berib o’tildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot