Qarshi-Kitob temir yo'l uchastkasi VMT-980 avtomotrissa kabinasida kuzatib o'tildi

Joriy yil 17-iyun kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali boshlig'i M.X.Mirzayev raisligida tegishli xodimlardan iborat komissiya a'zolari tomonidan Qarshi-Kitob  temir yo'l uchastkasi VMT-980 avtomotrissa kabinasida kuzatib o'tildi.

Tekshiruv davomida mehnat intizomiga rioya qilinishi, inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, ish texnologiyasining bajarilishi, shuningdek mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur bo'lgan choralarni ko'rish, harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi bo'yicha profilaktik ishlarning olib borilishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Temir yo‘l atrofini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

news photot news photot news photot news photot