Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 25 - iyun kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining 1255-N buyrugʻi ijrosini taʼminlash va tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va temir yoʻl transportidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida, “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbari M.X.Mirzayev tegishli xodimlar bilan birgalikda Uzbekistan GTL yirik yuk ortuvchi hamkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida 2025-yilning ikkinchi yarmida temir yoʻl orqali yuk tashish ishlarini amalga oshirishdagi rejalar kelishib olindi. Yuk ortishda yuzaga keladigan muammolar hamda takliflar o'zaro muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengsoy stansiyasida foydalanishga topshirilgan vagonlarni bug' yordamida yuvish punktida olib borilayotgan ish jarayonlari ko'zdan kechirildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot