Temiryo‘l infratuzilmasini o‘rganish ishlari davom etmoqda!
"Temiryo‘linfratuzilma" AJ hamda Qarshi MTU filiali rahbariyati tomonidan Janubiy Koreyaning "Hyundai Rotem" kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda "Qarshi–Oqrabot" temir yo‘l uchastkasida joylashgan tog‘li hududlardagi temir yo‘l izlari va sun’iy inshootlarning texnik holatini o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad — infratuzilma xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
O‘rganish natijalari asosida zaruriy texnik yechimlar ishlab chiqiladi.





