"Afrosiyob" yo'lovchi elektropoyezdi harakatlanadigan temir yo'l uchastkalari tekshirib chiqildi
Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari M.X. Mirzayev va tegishli mutaxassislar joriy yilning 16-iyul kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" yo'lovchi elektropoyezdi yo'lini teplovoz kabinasida va piyoda ko'zdan kechirish ishlari amalga oshirildi.
Tekshiruv davomida yo‘l infratuzilmasining texnik holati hamda yo'l xo'jaligi, aloqa va signalizatsiya xo'jaligi va elektr ta'minoti xo'jaligi qurilmalari sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha joyida chora-tadbirlar belgilandi hamda yo‘lovchi va yuk poyezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash uchun muhim qarorlar qabul qilindi.








