Tadbirkorlar bilan uchrashuv

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining 1255-N sonli buyrugʻida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, temir yo‘l transporti orqali yuk tashish jarayonlarini yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida, 2025-yil 5-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev, “Temiryo‘lkargo” AJ vakillari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida “ASIAN GOLDEN OIL” MChJ tadbirkori bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda korxona vakili tomonidan qo‘shni davlat — Qozog‘istondan bir qator zarur mahsulotlarni temir yo‘l orqali import qilish masalasi ko‘tarilib, logistika jarayonlarini tashkil etish, tarif siyosati, bojxona va transport infratuzilmasiga oid muammolar muhokama qilindi.

Tadbirkor tomonidan yuk tashish yo‘nalishlari, yetkazib berish muddatlari, temir yo‘l orqali yuklarni ortish-tushirish sharoitlari bo‘yicha takliflar bildirildi va mavjud qiyinchiliklar ochiq muloqot shaklida bayon qilindi.

“Temiryo‘lkargo” AJ hamda “Qarshi MTU” vakillari tomonidan bu masalalar atroflicha o‘rganilib, mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi va eksport-import jarayonlarini jadallashtirish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorlik bildirildi.

Bu kabi uchrashuvlar temir yo‘l infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yuk tashish hajmini oshirish va mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

“Qarshi MTU” filiali tomonidan joylardagi yirik ishlab chiqaruvchilar, eksportyor va importyor tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita muloqot orqali temir yo‘l transportining qulayliklari keng targ‘ib etilib, har ikki tomon uchun manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot