Toshg'uzor-Oqrabot temir yo'l uchastkasida nazorat ko'rigi olib borildi
2025-yil 6-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev boshchiligida Toshgʻuzor–Oqrabot temir yoʻl uchastkasida nazorat koʻrigi amalga oshirildi.
Tekshiruv davomida togʻli hududlarda joylashgan sun’iy inshootlar va koʻpriklarning texnik holati, u yerda navbatchilik olib borayotgan o‘qchilarning ish faoliyati, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida oʻrnatilgan kuzatuv kameralarining ishlashi hamda yong‘in xavfsizligi vositalarining sozligi oʻrganildi.
Bundan tashqari, temir yoʻl izining holati ham atroflicha koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Oqrabot kontakt tarmog‘i ma’muriy binosining qurilish jarayoni ham joyiga chiqqan holda nazorat qilindi.








