Qarshi elektr ta’minoti masofasi hamda Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi filiallarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev boshchiligida Qarshi elektr ta’minoti masofasi hamda Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi filiallarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.
Mazkur tashrif davomida filiallarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning xizmat intizomi, kasbiy mas’uliyat darajasi, xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari, texnik va me’yoriy hujjatlarning yuritilishi bo‘yicha atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, ma’muriy binolar, yordamchi xo‘jaliklar, ish xonalari va omborlarning sanitariya holati, yong‘in xavfsizligi talablari, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi hamda hududlarning tozaligi ham alohida ko'zdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida bugungi kunda muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning joriy etilish bosqichlari va natijadorligi yuzasidan o'rganishlar olib borildi.
Uzel boshlig‘i tomonidan aniqlangan bir qator kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularni zudlik bilan bartaraf etish, mavjud jarayonlarni yanada takomillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda xizmat sifati va xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.





