Qarshi-Muborak temir yo'l uchastkasi teplovoz kabinasida kuzatib o'tildi

Joriy yil 23 - sentabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qarshi - Buxoro shaharlararo yo'lovchi poyezdi TEП70БС-181 teplovoz kabinasida, Qarshi - Muborak bekatlar oralig'i kuzatib o'tildi.

Kuzatuv davomida teplovoz hamda manyovr teplovoz brigadasining harakat xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda o'z ish faoliyatini olib borishlari, teplovoz estetik va texnik holati ko'rib chiqildi.

Shuningdek, Mashal stansiyalaridagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, svetoforlar va texnik hujjatlar yuritilish holati birma-bir koʻzdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha filial boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot