“O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ Nizomi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari А.S.Shukurov tomonidan 30.03.2017 yilda tasdiqlangan va Tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “Yagona darcha” markazida 4142-son bilan ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Аksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4720-sonli farmoni hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DАTK Kengashi va yagona aksiyadorining 2015-yil 30-apreldagi №59-sonli qo‘shma yig‘ilishi qaroriga muvofiq, tarkibiy boʼlinmalari nomlanishini qonun talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DАTK boshqaruv raisining 2015-yil 2-iyundagi “Tarkibiy bo‘linmalari nomlanishini qonun talablariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida” gi №249-N-sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” DАTK nomi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 2015-yil 25-mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-oktyabrdagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ “Boshqaruv faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 375-sonli qaroriga asosan Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan. Nizomga asosan uzelning asosiy vazifalari quyidagilar: aholi va xo‘jalik subektlarini temir yo‘l tashishlariga bo‘lgan extiyojini to‘la va o‘z vaqtida qondirish; tashuvlar mintaqaviy bozori konyunkturasini o‘rganish ularning infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek temir yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; temir yo‘l transporti xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar yukini o‘z vaqtida yuklar butligini taʼminlagan holda manziliga yetkazish; temir yo‘l transportining xizmat ko‘rsatiladigan hudud doirasida barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash, foydalanuvchilarga keng ko‘lamda temir yo‘l xizmatlarini ko‘rsatish; qurilish-montaj pudrat ishlarini mukammal va joriy taʼmirlash (elektr uskunalarini, aloqa va SSB qurilmalari) ni amalga oshirish; joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yo‘l transporti bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish; xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi temir yo‘l tarmoqlarining barqaror ishlashini hamda temir yo‘llarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish chora tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yo‘lovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan holda o‘zaro hamkorlikni taʼminlash.
