- O‘ziga biriktirilgan lokomotivlar parkidagi
teplovozlarning texnik soz holatini va ulardan samarali foydalanishni
ta’minlash;
- Poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash, harakat
xavfsizligi buzilishi hollari oldini olish, bu ishda halokat, nuqson va
nosozliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
- Ishlab chiqarish samaradorligini va rentabelligini
oshirish, yoqilg‘i moylash mahsulotlari, elektr energiyasi va boshqa
materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘rish;
- Ishchi-xodimlar mehnat va dam olish sharoitini
yaxshilab boorish, ish joylarida mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish
sanitariyasi normalariga rioya etilishini ta’minlash;
- Lokomotivlar va lokomotiv brigadalari faoliyati
ustidan kun davomida tezkor nazorat olib boorish;
- Xalq iste’moli, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab
chiqarish, axoli va huquqiy shaxslarga transport, ta’mirlash va boshqa pullik
xizmatlar ko‘rsatish;
- Yordamchi xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish;
- Yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va
amaliyotga tadbiq etish;
- Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari
bilan shug‘ullanish.