"Qarshi MTU" UK da Navro'z bayrami

Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘zi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.

Muxtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek:

«Navro‘zning o‘lmas ruhi va boqiy falsafasi biz bugun bunyod etayotgan yangi O‘zbekiston g‘oyasi bilan uyg‘un va hamohangdir. Xalqimizning fidokorona mehnati, qat'iy siyosiy irodamiz bilan keng ko‘lamli islohotlarimizni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, el-yurtimiz manfaatini, jondan aziz farzandlarimiz kelajagini ta'minlashga xizmat qiladigan to‘g‘ri yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz».

2022-yilning 14-mart kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" unitar korxonasida ham "Navro'z umumxalq bayrami" tadbiri tashkil etildi. Bayram dasturxoni yozilib, doshqozonlarda bayramning ramziy timsoli bo‘lgan sumalak va qozonlarda osh pishirildi, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbirda korxona xodimlari faol ishtirok etishdi.

news photot news photot news photot news photot news photot