TRANSPORT PROKURATURASI BILAN UCHRASHUV

Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasiga qarashli Qarshi vagon deposida Qarshi transport prokuraturasi tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Bunda asosiy eʼtibor korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga qaratildi.

Tadbirni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK boshlig‘i S.A.Norqabilov ochib berdi. Tashkilot xodimlari qatnashgan davra suhbatida Qarshi transport prokurori B.Nazarov maʼruza qildi.

Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha alohida qonun qabul qilingan. Ushbu illatni bartaraf etish borasida jiddiy ishlar olib borilayapti.

Taqdimotda prokuror tegishli qonun mazmun-mohiyatiga atroflicha toʻxtaldi. Korrupsiya davlat xizmatchisining oʻz moddiy manfaati yoʻlida egallab turgan mavqeidan gʻayriqonuniy foydalanishi boʻlib, ijtimoiy xavfli jinoyat ekani qayd etildi.

Davlat xizmatchisi boʻlish kishidan masʼuliyat talab etishi, mansabni suisteʼmol qilish esa jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi aytildi.

news photot news photot news photot news photot news photot