"Zakovat" - tibbiyot xodimlari o'rtasida

2022-yil 9-iyun kuni "O'zbekiston yoshlar ittifoqi" va Qarshi temir yo'l shifoxonasi kasaba uyushmasi tomonidan Qarshi temir yo'l shifoxonasida tibbiyot xodimlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil qilindi. Intellektual o'yinda shifoxona tibbiyot xodimlaridan iborat 6 ta jamoa qatnashdi. Qizg'in va bahs-munozaralarga boy tarzda o'tgan o'yinda g'oliblikni shifokor L.A.Tuychiyeva sardorligidagi jamoa qo'lga kiritdi. G'oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi.

news photot news photot news photot