Giyohvandlik - asr vabosi

2022-yil 23-iyun kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK ma’muriy binosida 26-iyun “Xalqaro narkotik moddalarini iste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta‘minlash boshqarmasi inspektori kapitan O.G‘oyibov, Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta‘minlash boshqarmasi tezkor vakili R. Suvonov, temiryo‘lchi ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidagi masala hozirda ba’zi bir yoshlar tomonidan giyohvand moddalar va ularni o‘rnini bosuvchi psixotrop dori vositalarini iste’mol qilishi oqibatida yuzaga kelayotgan ayanchli holatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi hamda giyohvandlik asr vabosi nomli videorolik namoyish etildi.

news photot news photot