“Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK ma’muriy binosida hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

news photot

2022-yil 16-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK ma’muriy binosida “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK rahbariyati tomonidan “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UKga qarashli korxona va tashkilotlar rahbarlarining 2022-yil 6 oylik hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy faoliyati tanqidiy va tahliliy ruhda o’tgan mazkur yig‘ilishda joriy yilning yanvar-iyun oylarida rejaga asosan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ish rejalarining hisoboti tinglandi. Har bir korxona va tashkilot rahbarlari tomonidan ish rejalarining hisoboti to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga maʼlumotlar berildi.

Yig‘ilish yakunida “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK boshlig’i Sirojiddin Anvarovich Norqabilov tomonidan yuzaga kelgan muammolar va kamchiliklar, ularni hal etish choralari yuzasidan tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot