Qarshi lokomotiv deposida harakat xavfsizligi kuni

news photot

2022-yil 20-iyul kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UKga qarashli Qarshi lokomotiv deposida, uzel rahbariyati, Texnik va texnologik nazorat boshqarmasi “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK bo’yicha bosh noziri hamda depo ishchi-xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash  maqsadida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlarni qiynab kelayotgan muammolari ko'tarilib, ularning bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mas'ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Uzel rahbariyati, Texnik va texnologik nazorat boshqarmasi “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK bo’yicha bosh noziri tomonidan Qarshi lokomotiv deposida teplovoz hamda elektrovozlarni ta’mirlash sexlari holati birma-bir koʻzdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot