Qarshi – Jayron hamda Qarshi-Kitob temir yo'l uchastkalarida navbatdagi nazorat ko'rigi o'tkazildi.

news photot

2022-yil 11-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l” UK rahbariyati, sohalar bo'yicha tegishli mutaxassislar, uzel bo'yicha temir yo'l nazorat tashkilotlari hodimlaridan iborat komissiya tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash hamda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida “Qarshi-Jayron” hamda "Qarshi-Kitob"uchastkalaridagi barcha stansiyalarida harakat xavsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Safar davomida stansiyalardagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetaforlar va texnik hujjatlarni yuritish holatini birma-bir koʻzdan kechirildi hamda uzel rahbariyati tomonidan joylardagi mas’ul xodimlarga poyezdlar harakatini tashkil qilishda harakat xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratish va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot