Qarshi lokomotiv deposida harakat xavfsizligi kuni.

news photot

2022-yil 14-sentabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UKga qarashli Qarshi lokomotiv deposida, uzel rahbariyati hamda depo ishchi-xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlarni qiynab kelayotgan muammolari ko'tarilib, ularning bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mas'ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Uzel rahbariyati tomonidan Qarshi Lokomotiv deposidagi g’ildirak juftliklarini yo’nish dastgohi o’rnatilishi va sexning qurilish jarayoni bilan tanishildi. Bundan tashqari Qarshi lokomotiv deposida teplovoz hamda elektrovozlarni ta’mirlash sexlari holati birma-bir koʻzdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot