Qorabayir otchilik majmuasida loyiha taqdimoti bo'lib o'tdi.

news photot

2022-yil 10-noyabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UKga qarashli Qorabayir otchilik majmuasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qorabayir otchilik majmuasi va Samarqand veterenariya meditsinasi, Chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Samarali seleksiyalash usullaridan foydalanib, Qorabayir zotli otlarning yangi naslli guruhlarini yaratish" mavzusidagi loyiha taqdimoti bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlash, mazkur soha uchun mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko‘paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2017 yil 15 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot