“Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

news photot

Joriy yilning 11-noyabr kunida “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasida tadbir o‘tkazildi. Unda unitar korxona bosh muhandisi T.Hamrayev va kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi raisi S.Qurbonov hamda korxona, tashkilot va muassasalar mehnatni muhofaza qilish muhandislari va boshlang‘ich kasba uyushma tashkilotlari raislari ishtirok etishdi. Tadbir sо‘ngida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashining 2017 yil 20 noyabrdagi 8-108 “s”-sonli Rayosat qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida” gi Nizom talablarida O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga a’zo korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovining 2-bosqichida “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyasi g‘olibligiga erishgan Qarshi elektr ta’minoti mehnat muhofazasi muhandisi I.Vohidov Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli ma’muriyati tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

news photot news photot news photot news photot news photot