Qarshi lokomotiv deposida yig'ilish o'tkazildi.

news photot

2022-yil 16-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK boshlig'i M.X.Mirzayev hamda Texnik va texnologik nazorat boshqarmasi Qarshi filiali bosh noziri B.H.Bekmurodov tomonidan Qarshi lokomotiv deposi xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida kelib chiqqan nuqsonlar va ularning yechimlari to'g'risida takliflar, savollar tinglandi. Har bir xodim nafaqat o'zining balki yon atrofidagilarning hayoti uchun ham javobgarligi, birgalikda bahamjihat ish olib borish harakat xavsizligini ta'minlashda muhim o'rin kasb etishi alohida ta'kidlab o'tildi.

news photot news photot news photot