“Doimiy ravishda hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo’l infratuzilmalari butligini saqlash” mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi.

news photot

“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK boshlig'i M.X.Mirzayev, Texnik va texnologik nazorat bosqarmasi Qarshi filiali bosh noziri B.H.Bekmurodov, Qashqadaryo temir yo'l ta'mirlash korxonasi boshlig‘i B.SHodmonov, Qarshi elektr ta'minot korxonasi bosh muhandisi F.Tog’ayev hamda Qarshi otryadi boshlig‘i o‘rinbosari O.U.Ochilov, Qashqadaryo va Kitob o‘qchilik komandalari boshlig’i, o’rinbosarlari, qorovul boshliqlari, Mobil guruh yo’riqchilari o’qchilari ishtirokida “Doimiy ravishda hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo’l infratuzilmalari butligini saqlash” mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ishchi-xodimlarni qiynab kelayotgan muammolari ko'tarilib, ularning bartaraf etish bo'yicha takliflar berildi. Bundan tashqari o'zaro kelishuv asosida ishlarni olib borish, "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdi harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha zaruriy topshiriqlar berildi. Shuningdek ilg’or ishchi-xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot