Jayron, Nishon stansiyalarida nazorat safari uyushtirildi.

news photot

2023-yil 4-yanvar "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK rahbariyati tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Jayron, Nishon stansiyalarida nazorat safari uyushtirildi. Safar davomida stansiyalardagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetoforlar va texnik hujjatlarni yuritish holati birma-bir koʻzdan kechirildi.

Shuningdek qishgi mavsumga tayyorgarlik holati ham ko'zdan kechirilib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot