Ayritom stansiyasida "NPK strelkali o‘tkazgichining nosozliklari" mavzusida texnik amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.
"Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK bosh muhandisi T.Dj.Xamrayev, TTNB-5 bosh noziri B.X.Bekmurodov, MTUSh U.Sh.Abdiyevlar tomonidan Alatun-Ayritom uchastkasi piyoda yurib tekshirildi va 3804-kmdagi temir yo‘l kesishmasining texnik xolati tekshirildi hamda Qashqadaryo temir yo‘l ta’mirlash korxonasi xodimlari, yo‘l ustalari, instruktorlari bilan birgalikda Ayritom stansiyasida "NPK strelkali o‘tkazgichining nosozliklari" mavzusida texnik amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.