“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag’ishlab o’quv seminarlari o’tkazildi.

news photot

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ bosh menejeri — bosh muhandisi vazifasini bajaruvchisi Z.E.Maxamatov tomonidan 2023-yilning 18-may kunida imzolangan 254-NZ sonli buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida, “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag’ishlab joriy yilning 25-may kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK tasarrufidagi Qarshi vagon deposi korxonasi hamda Qarshi stansiyasi o’quv mashg’ulotlari maydonida o’quv seminarlari o’tkazildi. Unda “Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi, jamiyatga qarashli barcha mintaqaviy temir yo‘l uzellari rahbariyati, Uzellar tarkibidagi korxona va tashkilotlardan mehnat muhofazasi bo‘yicha bo‘lim boshliqlari, ishchi xodimlar ishtirok etishdi. 

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot

Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari Temiryo’lchi yoshlar markazida yangi tashkil etilgan “Innovatsion markaz” bilan tanishdilar.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot

Shuningdek ushbu o’quv seminari doirasida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisining 2023-yil 1-may kunidagi 366-N sonli buyrug’iga asosan tashkil qilingan “Mehnat muhofazasi bo’yicha eng yaxshi korxona” ва “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi muhandis” tanlovi ham tashkil qilindi. Unda 30 nafarga yaqin mutaxassis qatnashib, o‘zlarining bilimlarini sinab ko‘rdilar. Tanlov g’oliblari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.