"Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK va Qarshi stansiya xotin-qizlari oʻrtasida sportning shashka turi bo'yicha musobaqa oʻtkazildi.

news photot

"Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UKda sportning ommaviy turlari bo‘yicha tizimli ravishda musobaqalar o‘tkazib borish an’ana tusiga kirgan. Ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari xodimlarning orziqib kutadigan ommaviy tadbiri ahamiyatini kasb etgan.

2023-yil 31-iyul kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK boshlang‘ich kasaba uyushmasi va xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK va Qarshi stansiya xotin-qizlari oʻrtasida sportning shashka turi bo'yicha musobaqa oʻtkazildi.

Mazkur musobaqlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdan iboratdir.

news photot news photot news photot news photot news photot