Harakat xavfsizligi kuni

Joriy yilning 24 yanvar kuni "Qarshi MTU" UK rahbariyati hamda Qarshi Transport prokurori adliya maslahatchisi birgalikda harakat xavfsizligini ta'minlash hamda Lokomotiv mashinist va mashinist yordamchilari bilan suhbat o'tkazish maqsadida Qarshi lokomotiv deposida depo xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ da kuzatilayotgan o'zgarishlar yuzasidan tushuntirish berib o'tildi hamda mashinist va yordamchi mashinistlar ish faoliyati davomidagi muammolar, savol va takliflari tinglanib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Ushbu ko'rikda korxonada raqamlashtirish bo'yicha tayyorlangan loyihalar, shuningdek, ishchilarga yaratilayotgan shart sharoitlar o'rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to'grisida uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot