Qarshi transport prokuraturasi tomonidan temir yo‘l transportida poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash kuni munosabati bilan Qarshi Lokomotiv deposiga tashrifi.

2024 – yil 24 - yanvar kuni Qarshi transport prokuraturasi tomonidan temir yo‘l transportida poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash kuni munosabati bilan Qarshi Lokomotiv deposida amalaga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganildi.

Harakat xavfsizligini ta’minlashda Qarshi lokomotiv depo xodimlariga yaratilgan imkoniyatlar, sohani modernizatsiyalashtirish hamda xodimlarining ish faoliyatini yaxshilashda zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari joriy etilganligi, barcha jarayonlarni avtomatlashtirish, inson omilini kamaytirish yuzasidan ishlar samarasi soha vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Qarshi lokomotiv deposi mashinistlar bilan sayyor qabul tashkil etilib, ular tomonidan berilgan savollar bo‘yicha kerakli tushuntirishlar va tavsiyalar berilishi ta’minlandi.

news photot news photot news photot