“Rahbar va talaba yoshlar” uchrashuvi.

Joriy yilning 28-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining “Transport sohasidagi tashkilotlar rahbarlari hamda Toshkent davlat transport universiteti talabalari oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 10-yanvar 7-son buyrugʻi ijrosi yuzasidan “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi boshligʻi M.X.Mirzayev universitetda tahsil olayotgan talabalar bilan “Rahbar va talaba yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK boshlig‘i va Unversiteti mas'ul rahbarlari birgalikda Temir yo'l transportidagi yangiliklar, korxonaning asosiy faoliyati bilan tanishtirish va kelajakdagi rejalari bo'yicha ma'lumot berish bilan bir qatorda yangi kadrlarga qo'yilayotgan talablar, universitet talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari bo'yicha ma'lumotlar berib o'tishdi. Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot