8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK da 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni ochgan uzel boshlig’i “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bahor va go'zallik bayrami – 8 mart ayyomi bilan qutladi.

Darhaqiqat, barchamiz uchun aziz va mo'tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta'zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaydi.

Tadbir davomida qayd etilganidek, ayolni e'zozlash, ayolga ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi.

Tadbir so'ngida temir yo’l sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot