Qarshi stansiyasi, korxona va tashkilotlarda navbatdagi "Bahorgi ko'rik" o'tkazildi.

Joriy yilning 15-mart kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbariyati, sohalar bo'yicha tegishli mutaxassislar, uzel bo'yicha temir yo'l nazorat tashkilotlari xodimlaridan iborat komissiya tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash hamda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Qarshi stansiyasida harakat xavsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar hamda korxona va tashkilotlar ko‘zdan kechirildi.

Ko'rik davomida temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetaforlar va texnik hujjatlarni yuritish holatini birma-bir koʻzdan kechirildi va uzel rahbariyati tomonidan joylardagi mas’ul xodimlarga "Yashil makon" loyihasi bo'yicha hamda poyezdlar harakatini tashkil qilishda harakat xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratish va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot