Harakat xavfsizligini ta’minlash, ekspluatatsiya ishlarini tashkil etishdagi mavjud muammolarni o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Joriy yilning 29-mart kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosarining 19.03.2024 yildagi 82-NZ sonli buyrug‘iga asosan “Qarshi MTU” filialida Harakat xavfsizligini ta’minlash, ekspluatatsiya ishlarini tashkil etishdagi mavjud muammolarni o‘rganish, zaruriy chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari F.R.Norboyev, Yagona dispetcherlik markazi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari B.A.Haydarov va poyezd dispetcherlari hamkorlikda "Qarshi MTU" bosh muhandisi rahbarligida tegishli rahbarlar hamda harakat xavfsizligiga aloqador xodimlar, mashinist va yordamchi mashinistlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilish davomida mashinist va yordamchi mashinistlar, stansiya boshliqlari hamda bekat navbatchilari tomonidan ish jarayonida uchrayotgan muammo va savollariga tegishlicha javoblar olishdi. Ish sifatini oshirish maqsadida yanada hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot